Guidebook for Living in Korea

Favqulodda ijtimoiy yordam

  • Home
  • Hayot plyus
  • Favqulodda ijtimoiy yordam

Favqulodda ijtimoiy yordam

01Menga shoshilinch yordam kerak (Shoshilinch yordam va ko‘mak)

Davlat tomonidan taqdim etiladigan shoshilinch yordam va ko‘mak kam ta’minlangan odamlar qonun tomonidan ko‘zda tutilgan tanglik sababli arang tirikchilik qilayotgan paytda kambag‘allik darajasiga tushib qolmaslik uchun umid qilishi mumkin bo‘lgan oxirgi ijtimoiy himoya tizimi (SSN) hisoblanadi. Hukumat tanglik tufayli qiyin ahvolga tushib qolgan kam ta’minlangan odamlarga ustuvor asosda yordam va ko‘makni taqdim etadi va keyingi nazorat ishlari orqali amalga oshirilgan choralarning to‘g‘riligini baholaydi.

(1)Kimlar davlat tomonidan taqdim etiladigan yordam va ko‘makni olish huquqiga ega?

Agar siz favqulodda yordam va ko‘makni olishni istasangiz, unda qonunda ko‘zda tutilgan talablarga (shu jumladan ① tanglik sababi, ② daromadlaringiz, mulkingiz holati va h.k.) muvofiq bo‘lishingiz kerak.

  • Shoshilinch yordam va ko‘mak – bu tanglik tufayli qiyinchiliklarga uchragan kishilar uchun vaqtinchalik amalga oshiriladigan chora bo‘lib, u yordam va ko‘mak olayotgan, masalan, boshqa qonun bo‘yicha hayot uchun nafaqa, ishsizlik bo‘yicha nafaqa va hokazolarni olayotgan kishilarga nisbatan qo‘llanmaydi.
  • Siz hatto Koreya fuqarosi bo‘lmasangiz ham, agar sizga nisbatan quyidagi shartlardan birini qo‘llash mumkin bo‘lsa, unda shoshilinch yordam va ko‘mak olish huquqiga egasiz: ① Koreya fuqarosi bilan nikohda bo‘lganlik, ② bevosita yuqori va quyi qarindoshlik yo‘nalishlari bo‘yicha Koreya fuqarosi hisoblangan qarindoshi haqida g‘amxo‘rlik qilganlik, Koreya fuqarosi bilan ajrashgan yoki turmush o‘rtog‘i, ya’ni Koreya fuqarosi vafot etgan kishilar, ③ Qochoqlar to‘g‘risidagi qonunda ko‘zda tutilgan qochoqlar yoki ④ yong‘in, jinoyat yoki tabiiy ofat natijasida zarar ko‘rgan kishi, unga bildiriladigan sababsiz
  1. 1Favqulodda yordam va ko‘mak to‘g‘risidagi qonunda ko‘zda tutilgan tanglik sabablari
    • Agar uy xo‘jaligida asosiy boquvchi vafot etishi, qochishi, bedarak yo‘qolishi, ozodlikdan mahrum etish joylarida ekani yoki boshqa sabablarga ko‘ra asosiy daromaddan mahrum bo‘lsa;
    • Agar kishi jiddiy kasal bo‘lsa yoki jarohatlangan bo‘lsa;
    • Agar kishi tashlab ketilgan, qarovsiz qoldirib ketilgan bo‘lsa yoki istalgan oila a’zosi tomonidan zo‘ravonlikka uchragan bo‘lsa;
    • Agar kishi uydagi zo‘ravonlik sababli o‘z oila a’zolari bilan ahil yashay olmasdan qiyinchiliklarga duch kelayotgan bo‘lsa yoki istalgan oila a’zosi tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchragan bo‘lsa;
    • Agar kishi o‘zi yashab kelayotgan uyda yoki binoda yong‘in, tabiiy ofat yoki boshqa sabablarga ko‘ra yashash borasida qiyinchiliklarga uchrayotgan bo‘lsa;
    • Agar asosiy yoki yordamchi ishchi korxonaning vaqtinchalik yoki doimiy yopilishi, biznes yuritilayotgan joydagi yong‘in munosabati bilan yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘z faoliyatini amalga oshirishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan bo‘lsa;
    • Agar asosiy yoki yordamchi ishchi ishini yo‘qotishi sababli asosiy daromad manbaidan mahrum bo‘lgan bo‘lsa;
    • Agar Sog‘liqni saqlash va farovonlik vazirligining qaroriga muvofiq har bir mahalliy hokimiyat organining qarorida ko‘rsatilgan sabab yoki voqea yuzaga kelgan bo‘lsa;
    • Bundan tashqari, Sog‘liqni saqlash va farovonlik vaziri tomonidan aniqlangan va e’lon qilingan boshqa sabablar yuzaga kelganda: ① Asosiy boquvchi bilan ajrashish; ② Kommunal xizmatlar uzilib qolgan, ③ Axloq tuzatish muassasasidan ozod etilganidan keyin sudlanganligi sababli tirikchilikka qiynalgan; ④ Oilasi tomonidan qarovsiz qolishi yoki tashlab ketilishi yoki tirikchilik uchun kurash va hokazolar tufayli uysiz qolish; ⑤ Ko‘r nuqtasi aniqlangan, integratsiyalashgan ishni boshqarish yoki o‘z joniga qasd qilish xavfi yuqori bo‘lgan va tegishli bo‘lim (agentlik) tomonidan yashash uchun kurashayotgan deb tavsiya etilgan shaxs; ⑥ Jinoyat sodir etilgan uy yoki binoda yashash qiyinligi sababli o‘z turar joyini boshqa joyga ko‘chirgan shaxs.
  2. 2 Daromad va mulk asosida nafaqa olish huquqi
    • (Daromad) Daromadi standart median daromadning 75% ni yoki undan kamni tashkil qiluvchi uy xo‘jaligi.
    • 기준 중위소득 가구규모에 따른 소득과 재산 기준: 가구규모, 1인~7인을 포함한 표입니다.
      Uy xoʻjaligi aʼzolari soni 1 2 3 4 5 6
      O‘lchov birligi: von/oy 1,671,334 2,761,957 3,535,992 4,297,434 5,021,801 5,713,777
      • Kamida 7 kishi bo‘lgan uy xo‘jaliklari uchun har bir qo‘shimcha shaxsga 672,468 KRV qo‘shiladi.
  3. 3Mulk standartlari
    • (Aktivlarning jami summasi)
      2022년 일반재산 합계액 인상 효과 : 지역, 대도시, 중소도시 및 농어촌을 포함한 표입니다.
      Mintaqa katta shahar kichik va o‘rtacha shahar qishloq hududi
      Standart summa (KRV 10,000) (turar-joy mulkidan chegirib tashlash limitiga ariza berishda) 24,100
      (~31,000)
      15,200
      (~19,400)
      13,000
      (~16,500)
      • Turar-joy mulkidan chegirib tashlash limiti nima? : Manfaatdor shaxs yoki birga yashovchi oila a’zosi nomiga turar-joy mulki orasida naqd pulga sotilishi qiyin bo‘lgan bitta turar-joy mulki bo‘lgan taqdirda, turar-joy mulkini chegirma limiti doirasida standart miqdorga qo‘shimcha ravishda chegirib tashlash mumkin.
    • (Moliyaviy aktivlar) Uy xo‘jaligi a’zosiga to‘g‘ri keladigan moliyaviy aktivlar miqdoridan kamroq
      (Birlik: Ming KRV)
      공제 수준 상향 효과(4인가구 기준) : 금융재산기준액, 생활준비금 공제액 및 조회결과 금융재산 총액을 포함한 표입니다.
      Uy xo‘jaligi a’zolari soni 1 kishi 2 kishi 3 kishi 4 kishi 5 kishi 6 kishi
      Moliyaviy aktiv miqdori 8,228 9,682 10,714 11,729 12,695 13,618
      Moliyaviy aktiv miqdori (uy) 10,228 11,682 12,714 13,729 14,695 15,618
      • Kamida 7 kishi bo‘lgan uy xo‘jaliklari uchun har bir qo‘shimcha shaxsga 896,000 KRV qo‘shiladi.

(2)Men qanday yordam va ko‘mak olishim mumkin?

Yashash uchun yordam va ko‘mak
(von/oy)
생계지원 금액 : 가구구성원 수에 따른 지원금액을 나타낸 표입니다.
Uy xo‘jaligi a’zolarining soni 1 2 3 4 5 6
Yordam va ko‘mak summasi 713,100 1,178,400 1,508,600 1,833,500 2,142,600 2,437,800
  • Kamida 7 kishidan iborat uy xo‘jaliklari uchun har bir qo‘shimcha odam uchun qo‘shimcha 286 900 KRV to‘lanadi.
Tibbiy yordam va ko‘mak uchun limit :
3 million von
Yashash uchun yordam va ko‘mak limitlari
(von/oy)
생계지원 금액 : 가구구성원 수에 따른 지원금액을 나타낸 표입니다.
Uy xo‘jaligi a’zolarining soni 1 ~ 2 3 ~ 4 5 ~ 6
Yirik shahar 387,200 643,200 848,600
Kichik va o‘rta shahar 290,300 422,900 557,400
Qishloq joylari 183,400 243,200 320,300
Ijtimoiy ta’minot ob’ektlaridan foydalanganda ko‘rsatiladigan yordam va ko‘mak limitlari
(von/oy)
사회복지시설의 이용지원 한도액 : 입소자 수에 따른 지원금액을 나타낸 표입니다.
Joylashtirilgan odamlar soni 1 2 3 4 5 6
Yordam va ko‘mak summasi 535,900 914,200 1,182,900 1,450,500 1,719,200 1,987,700
Maktabda ta’lim olish bilan bog‘liq yordam va ko‘mak summasi
(von/chorak)
교육지원 금액 : 구분, 초등학생, 중학생, 고등학색에 따른 지원금액을 나타낸 표입니다.
Turkum Boshlang‘ich maktab o‘quvchilariga nisbatan O‘rta sinf o‘quvchilari Yuqori sinf o‘quvchilari
Yordam va ko‘mak summasi 124,100 174,700 207,700 von plyus ta’lim/a’zolik badali uchun to‘lov
Boshqa yordam va ko‘mak summasi
(von/oy)
그 밖의 지원 금액 : 지원종류, 연료비, 해산비, 장제비에 따른 지원금액을 나타낸 표입니다.
Yordam va ko‘mak turi Yonilg‘i xarajatlari Tug‘ruq xarajatlari Dafn qilish/qurbonlik marosimlari bilan bog‘liq xarajatlar Elektr energiyasi
Summa 150,000 700,000 800,000 500,000 yoki undan kam

(3)Yordam va ko‘mak olish protsedurasi?

  • Agar sizda ishsizlik, korxonaning (vaqtinchalik) yopilishi, kasallik yoki jarohatlanish va hokazolar bilan bog‘liq tanglik sababli yashash uchun mablag‘larni ta’minlashda qiyinchiliklar yuzaga kelgan bo‘lsa, ijtimoiy ta’minot ma’muriy markaziga yoki si/gun/gu/eup/myeon/dong (☎129) manzili bo‘yicha sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot masalalari bo‘yicha maslahat markaziga ishoshilinch ijtimoiy yordam va yashash uchun mablag‘lar bilan ko‘mak masalasida maslahat so‘rab murojaat qilishingiz va ariza berishingiz mumkin.
  • Yashash uchun mablag‘larni kafolatlovchi asosiy nafaqani olish uchun Internet orqali quyidagi tarzda ariza taqdim etishingiz mumkin: ① Uy sahifasida ariza (www.bokjiro.go.kr ) → kam ta’minlangan odamlar → hayot uchun nafaqa, yashash uchun nafaqa, maktab ta’limi uchun nafaqa, dafn marosimi/qurbonlik marosimi uchun nafaqa, yoki ② sog‘liqni saqlash/farovonlik masalalari bo‘yicha maslahat markaziga qo‘ng‘iroq qilish (☎129), yoki ③ farovonlik ma’muriy markazida mas’ul mansabdor shaxsning qabuliga kirish.
Bu ish “KOGL (Korea Open Government License) 4 -toifa: Manba ko'rsatkichi+Tijorat maqsadlarida foydalanish+O'zgarishlarni taqiqlash” shartiga muvofiq ishlatilishi mumkin.