Guidebook for Living in Korea

Chet ellik fuqarolar uchun majburiy tibbiy sug'urta uchun ariza

  • Home
  • Hayot plyus
  • Chet ellik fuqarolar uchun majburiy tibbiy sug'urta uchun ariza

Chet ellik fuqarolar uchun majburiy tibbiy sug'urta uchun ariza

01Koreya fuqarolari hisoblanmaydigan shaxslar uchun tibbiy sug‘urtani rasmiylashtirish tizimining tavsifi

Tibbiy sug‘urta - bu davolanishi bilan bog‘liq bo‘lgan odamlarning muammolarini hal qilish uchun mo‘ljallangan ijtimoiy ta’minot tizimining bir qismidir. Sug‘urtalangan shaxs har oy sug‘urta badalini to‘lashi kerak, zarurat tug‘ilishida esa u sug‘urta qoplanishini olishi mumkin.
2019 yilning iyul oyidan boshlab Koreya hududida ro‘yxatdan o‘tgan ajnabiylar sifatida olti oydan ortiq vaqt davomida yashab kelayotgan ushbu mamlakat fuqarolari hisoblanmaydigan barcha shaxslar tibbiy sug‘urtani va tibbiy parvarish bo‘yicha uzoq muddatli sug‘urtani rasmiylashtirishlari kerak.

(1)Tibbiy sug‘urta obyektlari hisoblanadigan shaxslar

Umumlashtirilgan ma’lumotlar

① Koreyada yashab kelayotgan, ajnabiy sifatida ro‘yxatdan o‘tgan, yonlash bo‘yicha ishlab kelayotgan shaxs alohida ariza orqali tibbiy sug‘urtani (sug‘urtalangan xodim sifatida) rasmiylashtirishi mumkin. Bu sug‘urtalangan shaxs bilan birgalikda yashab kelayotgan shaxsga (tobe oila a’zosi sifatida) nisbatan ham amal qiladi.
② Yuqoridagi ① toifasiga kirmaydigan shaxs olti oy mobaynida ushbu mamlakatda uning yashash davri o‘tib borishi bo‘yicha sug‘urtani rasmiylashtirishi mumkin. (Vaqtinchalik yashashga ruxsatnomaga ega bo‘lgan shaxslar mamlakat hududiga kelishi bo‘yicha sug‘urtani rasmiylashtirishlari mumkin).
③ Koreya fuqarolari va Koreya fuqarolari hisoblanmaydigan shaxslar to‘laydigan tibbiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta badali qiymatidagi farq ko‘zda tutilmagan. Koreya fuqarolari hisoblanmaydigan shaxslar tomonidan to‘lanadigan qiymat ushbu mamlakatda bo‘lish maqomiga bog‘liq holda o‘zgarishi mumkin. ④ Har oylik sug‘urta badalini kiritishdagi har qanday tutilib qolish sug‘urtalangan shaxs uchun salbiy oqibatlarni chaqirishi mumkin. Siz badal to‘lashning quyidagi usullaridan biridan foydalanishinigiz mumkin: avtomatik o‘tkazma, virtual hisobdan to‘lash, bank orqali, elektron usulda, NHIC filialida (kredit karta yordamida), sug‘urta badallarini yig‘ish uchun portal yordamida va shunga o‘xshash.

  1. 1Tibbiy sug‘urtani rasmiylashtirgan shaxslar o‘z ichiga sug‘urtalangan xodimni, uning oilasining tobe a’zolari va sug‘urtalangan o‘z-o‘zini band qiluvchi shaxslarni kiritadi. Standart sug‘urta turiga bog‘liq holda o‘zgaradi.
    • Ish beruvchida mehnat qilayotgan shaxs sug‘urtalangan xodim sifatida tibbiy sug‘urtani rasmiylashtirishi mumkin. Sug‘urtalangan xodimning qaramog‘ida bo‘lgan va u bilan birgalikda yashab kelayotgan shaxslar, shuningdek, tobe oila a’zolari sifatida sug‘urtani rasmiylashtirishlari mumkin.
    • Tibbiy sug‘urtalashni rasmiylashtirish talabiga javob beruvchi, ammo sug‘urtalangan xodim yoki tobe oila a’zosi toifasi ostiga tushmaydigan shaxs sug‘urtalangan o‘z-o‘zini band qiluvchi shaxs sifatida sug‘urtani rasmiylashtirishi mumkin. Biroq quyida ko‘rsatilgan shaxslar tibbiy sug‘urtani rasmiylashtirishga haqli emas: "A" (Diplomat), “B” (Turist), "S" (Qisqa muddatli tashrif) yoki "G-1" (boshqalar) toifasidagi vaqtinchalik yashashga ruxsatnoma. Quyida ko‘rsatilgan shaxslar tibbiy sug‘urtani rasmiylashtirishga haqlidir: “G-1-6” (gumanitar maqom) va “G-1-12” (gumanitar maqomga ega bo‘lgan shaxsning oila a’zolari) toifalari. Sug‘urtalangan shaxs bilan birgalikda yashab kelayotgan turmush o‘rtoq va 19 yoshgacha bolalar alohida ariza orqali "oila a’zosi" sifatida sug‘urtani rasmiylashtirishi mumkin.
  2. 2tibbiy sug‘urtaning har xil turlarini rasmiylashtirishning har xil usullari
    • Quyida ko‘rsatilgan ajnabiylar sug‘urtalangan o‘z-o‘zini band qilgan shaxslar sifatida mamlakat hududiga yetib kelish bo‘yicha sug‘urtani rasmiylashtirishi mumkin: talabalar (D-2), boshlang‘ich/o‘ra maktab o‘quvchilari (D-4-3), kasb-hunar ko‘nikmalariga ega bo‘lmagan shaxslar (E-9), doimiy rezidentlar (F-5), Koreya fuqarosi bilan nikohda bo‘lgan shaxslar (F-6). Vaqtinchalik yashashga ruxsatnomaga ega bo‘lmagan shaxslar sifatida yuqorida ko‘rsatib o‘tilmagan ajnabiylar mamlakatga yetib kelish paytidan olti oy kutishlari, va so‘ngra sug‘urtani rasmiylashtirishlari kerak.
    • Xodimlar abonentlari ishchilar, davlat xizmatchilari, professor-o‘qituvchilar yoki ish beruvchilar sifatida ishga qabul qilingan kundan boshlab chet el fuqarosi sifatida ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng tegishli ish joyida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
    • 2024-yilning aprelidan boshlab qaramlik talablari o‘zgardi. 2024-yil 3-apreldan boshlab mamlakatga kirgan xorijlik fuqarolar va xorijdagi koreyslar mahalliy obunachilar kabi yetib kelganlarida ro‘yxatdan o‘tish uchun olti oy kutishlari kerak. Biroq, agar quyidagilardan biri tegishli bo‘lsa, siz kelganingizdan so‘ng darhol ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.
      • Turmush o‘rtog‘i va 19 yoshgacha bo‘lgan bolalari
      • Agar yashash sababi chet elda o‘qish (D-2), umumiy ta’lim boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maktab o‘quvchisi (D-4-3), kasbiy bo‘lmagan ish (E-9), doimiy yashash (F-5) yoki nikoh immigratsiyasi (F-6)
    • Muvofiq talablarga javob beruvchi sug‘urtalangan o‘z-o‘zini band qiluvchi shaxslar haqiqat bo‘yicha sug‘urtani rasmiylashtirishi, ularning ish beruvchisi esa ular nomidan imzoni ko‘rsatishi kerak. Tobe oila a’zolari uchun sug‘urtani rasmiylashtirishga ariza sug‘urtalangan xodim tomonidan tuziladi.
    • NHIC tibbiy sug‘urtasi kabi shunga o‘xshash ustunliklarni ko‘zda tutuvchi tibbiy sug‘urtani rasmiylashtirgan shaxslar qonunchilik yoki xorijiy mamlakatning sug‘urta shartnomasi bilan muvofiqlikda, yoki ish beruvchi bilan shartnoma bo‘yicha "ushbu mamlakat hududida tibbiy sug‘urtadan bosh tortishga" ariza kiritishlari mumkin.
  3. 3Sug‘urtalangan xodim va sug‘urtalangan o‘z-o‘zini band qiluvchi shaxs uchun tibbiy sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta badalining hisoblanishini har xil usullari mavjuddir.
    • Sug‘urtalangan xodim uchun tibbiy sug‘urta bo‘yicha badal o‘lchami uning har oylik okladidan kelib chiqqan holda hisoblanadi. Xodim va ish beruvchi tibbiy sug‘urta uchun sug‘urta badalini har oylik qiymati hisobidan 3,495%dan va tibbiy parvarishlash bo‘yicha uzoq muddatli sug‘urtalash uchun sug‘urta badali hisobiga 6,135%dan to‘laydi.
    • Sug‘urtalangan o‘z-o‘zini band qiluvchi shaxslar uchun tibbiy sug‘urtalash bo‘yicha badal qiymati har bir oilaga ularning daromadini, mol-mulkini va ularga tegishli bo‘lgan transport vositasining turini hisobga olgan holda hisoblanadi. Agar oilaning sug‘urta badali qiymati sug‘urta badalining o‘rtacha o‘lchamidan past bo‘lsa, sug‘urta badalining o‘rtacha qiymati qo‘llaniladi (ya’ni, 2022 yil holatiga, tibbiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta badalining o‘rtacha qiymati: 124 770 von/tibbiy parvarishlash bo‘yicha uzoq muddatli sug‘urta uchun sug‘urta badalining qiymati: 15 300 von).
    • "F-5" (doimiy rezident) va F-6 (Koreya fuqarosi bilan nikoh) vaqtinchalik yashash maqomiga ega bo‘lgan shaxslar uchun Koreya fuqarolariga nisbatan qo‘llaniluvchi sug‘urta badalining minimal o‘lchami qo‘llaniladi.
  4. 4Har oylik sug‘urta badalini to‘lash usullari
    • Keyingi oyga sug‘urta badali qiymati har oyning 25-sanasigacha avans bilan to‘lanadi (F-5 (doimiy rezident) va F-6 (Koreya fuqarosi bilan nikoh) yashash maqomiga ega bo‘lgan shaxslar uchun muvofiq oyning 10-sanasigacha). Siz badal to‘lashning quyidagi usullaridan biridan foydalanishinigiz mumkin: avtomatik o‘tkazma, virtual hisobdan to‘lash, bank orqali, elektron usulda, NHIC filialida (kredit karta yordamida), sug‘urta badallarini yig‘ish uchun portal yordamida va shunga o‘xshash.
    • Sug‘urta badalini to‘lashdagi har qanday kechikishlar sug‘urtalangan shaxs uchun nomaqbul oqibatlarga, masalan, tibbiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalarni to‘lashning rad etilishi yoki yashash maqomi bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlarga olib kelishi mumkin.

(2)Ko‘rsatiluvchi xizmatlar

Umumlashtirilgan ma’lumotlar

Tibbiy sug‘urtani rasmiylashtirishdan keyin siz profilaktika/tashxislash, kasallikni/jarohatlarni davolash va reabilitatsiya bo‘yicha xizmatlar; tibbiy parvarish/ tug‘ishdagi tibbiy ko‘riklar, o‘lim holatida va hokazo kabi shunday xizmatlarni (muvofiq xizmatlarni) olishingiz mumkin

  • Shifoxona/klinikaga tashrif buyurish holatida* sizga tibbiy xarajatlarning atigi 30~60% yoki 20%ni (statsionar davolash holatida) to‘lash zarur bo‘ladi. Siz sug‘urtalangan shaxs sifatida to‘lashingiz kerak bo‘lgan tibbiy xarajatlarning qismi tibbiy muassasa turi va uning joylashishiga bog‘liq holda o‘zgarishi mumkin.
    • Sizning kundalik turmushingizga ta’sir etmaydigan kasalliklarni davolash, masalan, estetik jarrohlik va shunga o‘xshash, tibbiy sug‘urta bilan qoplanmaydi.
  • Ikki yilda bir marta o‘tkaziluvchi standart tibbiy ko‘rik bo‘yicha xarajatlar (toq sanaga yakunlanuvchi yilda tug‘ilgan shaxslar uchun u toq sanaga yakunlanuvchi yilda o‘tkaziladi/ juft sanaga yakunlanuvchi yilda tug‘ilgan shaxslar uchun u juft sanaga yakunlanuvchi yilda o‘tkaziladi) to‘liq NHIC tomonidan to‘lanadi.
  • Shifoxonaga/klinikaga murojaat qilishda tibbiy sug‘urta to‘g‘risida guvohnomani yoki xorijiy fuqaroning ro‘yxatdan o‘tish kartochkasini taqdim etish zarur. Siz alohida ariza kiritishsiz muvofiq NHIC xizmatidan foydalanishingiz mumkin.

(3)Sizga batafsil ma’lumotlar zarur bo‘lmoqdami?

  1. 1Iltimos, shaxsan NHIC yoki quyidagi muassasalarga murojaat qiling:
    • Seul yoki poytaxt mintaqasida joylashganlarga Chet ellik rezidentlar uchun NCIS Seul markazi; boshqa mintaqalarda joylashganlar uchun Mahalliy ma'muriy idora
    사회복지시설의 이용지원 한도액 : 입소자 수에 따른 지원금액을 나타낸 표입니다.
    Markazning nomi Qamrov zonasi
    NHIC Seulning xorijiy fuqarolariga xizmat ko‘rsatish markazi Seulning butun hududi
    NHIC Ansananing xorijiy fuqarolariga xizmat ko‘rsatish markazi Ansan, Sixin va Kunpxo
    NHIC Suvonning xorijiy fuqarolariga xizmat ko‘rsatish markazi Suvon, Yon’in, Xvason, Osan va Sonnam
    NHIC Inchxonning xorijiy fuqarolariga xizmat ko‘rsatish markazi Inchxon, Puchxon, Kimpo va Kvanmyon
    NHIC Iydjonbuning xorijiy fuqarolariga xizmat ko‘rsatish markazi Iydjonbu, Nam’yandju, Kapxyon, Pxochxon, Tonduchxon, Yonchxon, Yandju, Kuri, Koyan va Pxadju
  2. 2NHIC bosh sahifasi (nhis.or.kr)
    • Siz to‘lanishi zarur bo‘lgan sug‘urta badalining qiymatini NHIC kiber-xizmat ko‘rsatish markazida "sug‘urta badalini so‘rovi/to‘lovi"ni bosgan holda tekshirishingiz mumkin.
Bu ish “KOGL (Korea Open Government License) 4 -toifa: Manba ko'rsatkichi+Tijorat maqsadlarida foydalanish+O'zgarishlarni taqiqlash” shartiga muvofiq ishlatilishi mumkin.